O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Gar saloming бўлмаса......

Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” va “L” bandlari (bezorilik oqibatida, qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

2021 yilning 04 yanvar kuni soat 10:40 larda Abidjon P., spirtli ichimlik taʼsirida, o‘zi bilan mardikorlik qiladigan tanishlarining oldiga Bekobod shahar markaziy buyum bozoriga kelib, u yerda turgan tanishi Alisher S., bilan salomlashmoqchi bo‘lganligini, lekin Alisher S., uning mast holatda ekanligini, uyiga borishini aytib, uning oldidan ketib qolganligini, bundan Abidjon P., ning jahli chiqib, mazkur bozor hududida joylashgan oshxonaga kirib, stol ustida turgan oshxona pichog‘i bilan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, Alisher S., ning orqasidan borib, unga bepisand munosabatda bo‘lding deya hech bir sababsiz qorin bo‘shlig‘iga bir marotaba urib, qasddan tan jarohati yetkazgan.

Natijada Alisher S., Bekobod shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Tergov harakatlari jarayonida hodisa joyini ko‘zdan kechirish vaqtida qon dog‘lari mavjud bo‘lgan oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan, hodisa guvohlari so‘roq qilingan va jinoyat ishi yuzasidan gumon qilinuvchi Abidjon P., Bekobod shahar IIB Vaqtincha ushlab turish hibsxonasida saqlanmoqda.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov davom etmoqda.   

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech