O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Go‘shtga topshirilgan 12 bosh qoramolning puli berilmadi

Samarqand. 2020 yilning 12 sentyabr kuni 23 yoshli X.M., Kattaqo‘rg‘on tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning iyun-iyul oylarida tanishi 31 yoshli F.E., undan 12 bosh qoramollarini go‘sht hisobida jami 135.000.000 so‘mga baholab, ularning pullarini 2020 yilning iyul oyini oxiriga qadar berishga kelishib, vaʼda berib, uni aldab, kelishilgan pullarni hozirgi kunga qadar bermasdan kelayotganligini maʼlum qilib, shu sababli unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.  

  Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan F.E., ga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralari ko‘rilmoqda.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech