O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ketmon bilan urib jarohat yetkazdi

2019 yil 20 iyul kuni soat taxminan 18:00 da, Surxondaryo viloyat Sho’rchi tumanida yashovchi fuqaro H.H. o’z uyi oldida qo’shnisi Ch.S. bilan o’rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning bosh qismiga ketmon bilan urib, og’ir tan jarohati yetkazgan. Natijada Ch.S. kasalxonaga yotqizilgan, H.H. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech