O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Belkurak bilan urib jarohat yetkazdi

2018 yil 19 dekabr kuni soat taxminan 20:00da, Buxoro viloyati G’ijduvon tumanida yashovchi fuqaro T.I. o’z uyida qo’shnisi X.K. bilan o’rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning bosh qismiga belkurak bilan urib, o’rtacha og’ir tan jarohati yetkazgan. Natijada X.K. kasalxonaga yotqizilgan, T.I. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga o’rtacha og'ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech