O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namanganda voyaga yetmagan shaxs avtomashinani olib qochib YTH uchradi

Namangan viloyati. 2022 yil 21 noyabr kuni Chortoq tumanida yashovchi 29 yoshli A.O. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 02:30 larda nomaʼlum shaxs uning yashab kelayotgan xonadoni oldida unga tegishli bo‘lgan “Nexia-2” rusumli avtomashinasini qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, olib qochib ketilganligini maʼlum qilib, avtomashinasini topishda va nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlar natijasida jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Nexia-2” rusumli avtomashina, nomaʼlum shaxs tomonidan Pop tumani Qo‘shminor MFYdan o‘tuvchi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 249 km.da dastldab yo‘l chetidagi beton ustunga urilib, so‘ngra pastlikka tushib ketgan holda topilgan.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsga dastlab birinchi tez-tibbiy yordam ko‘rsatilib, shaxsiga oydinlik kiritilganda, u muqaddam sudlangan Chartoq tumanida yashovchi voyaga yetmagan 16 yoshli M.A. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga jiddiy shikast yetmaganligi sababli, unga nisbatan “qamoqqa olish tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech