O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jinoyat jazosiz qolmaydi

2018 yil 2 mart kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida noma’lum shaxs SH.M.ning uyiga deraza panjarasini buzish yo‘li bilan kirib, xonasidan 50 mln. so‘m pul, maishiy texnikalari va 4 turdagi zargarlik buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Ko‘rilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida 2018 yil 27 avgust kuni ushbu jinoyatni Sergeli tumanida yashovchi M.R. va U.I.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech