O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Yangiyo’l dehqon bozori”da jinoyat sodir etildi

2018 yil 19 dekabr kuni soat taxminan 09:00da, fuqaro A.U. Toshkent viloyat Yangiyo’l tumanida joylashgan “Yangiyo’l dehqon bozori” hududida fuqaro R.D. bilan o'rtalarida o'zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada R.D. kasalxonaga yotqizilgan. A.U. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech