O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ukasining pullarini oʼgʼirlagan shaxs qonun oldida javob beradi

Fargʼona. 2020 yilning 11 oktyabrь kuni soat 10:40 da 27 yoshli T.Sh., ukasi 26 yoshli X.N.,ning Fargʼona shahar, А.Qodiriy koʼchasida joylashgan xonadon eshigini oʼzida boʼlgan kalit bilan ochib kirib, yotoqxonadagi javonda boʼlgan 8.600 АQSh dollari miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Fargʼona shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan T.Sh., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-kismi “v” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, T.Sh., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan, yetkazilgan moddiy zarar oʼrni tergov jarayonida toʼliq qoplangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech