O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘z turmush o‘rtog‘ini chuv tushirgan “firibgar - er”

Samarqand viloyati. 2021 yilning 20 yanvar kuni 45 yoshli Dilfuza U., ariza bilan murojaat qilib, unda o‘zining sharʼiy turmush o‘rtog‘i 43 yoshli Sherali U., uning ishonchiga kirib, 2012 yil 21 avgust kuni Samarqand shahar Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birini bank orqali yosh oilalarga beriladigan imtiyozli kredit asosida ukasi Dilshod U., ning nomiga sotib olib, keyinchalik ushbu xonadonni nomiga o‘tkazib berishni vaʼda qilib, undan xonadon uchun 2013 yildan 2017 yilning dekabr oyiga qadar 35.000 AQSH dollari pullarni olib, keyinchalik xonadon uchun kredit to‘lovlari to‘liq so‘ndirilib, uni esa ushbu xonadondan chiqartirib yuborish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha shahar sudi tomonidan qaror chiqarilganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech