O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

2,2 mlrd. soʼmga aldagan firibgarlar ushlandi

Toshkent viloyati. 2019 yilning sentyabrь oyidan 2019 yilning dekabrь oyiga qadar 30 yoshli Z.D. va 50 yoshli Yo.T., lar bir guruh boʼlib, oʼzganing mol-mulkini aldash va ishonchni suisteʼmol qilish yoʼli bilan qoʼlga kiritish maqsadida oʼzlarini MChJning rahbarlari sifatida tanishtirib, mineral oʼgʼit bahosi arzon boʼlgan vaqtda sotib olib, soʼng bahosi qimmatlashgan vaqtda sotish orqali foyda koʼrishni taklif etib, 42 yoshli А.D., ni ishonchiga kirib, Ohangaron tumani hududida undan 1 mlrd. 700 mln. soʼm va 44 yoshli А.А., dan 500 mln. soʼm miqdoridagi pullarni aldash yoʼli bilan qoʼlga kiritib, shu kunga qadar qaytarib bermagan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Z.D. va Yo.T., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi boʼyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech