O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼsmir yigit oʼzi ishlab kelgan yoqilgʼi shahobchasidan oʼgʼrilik sodir etgan

Navoiy. 2020 yilning 18 may kuni Karmana tumanida joylashgan MChJ rahbari 46 yoshli S.M. IIB ga ariza bilan murojaat qilib, 18 kunga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxs unga tegishli MChJga qarashli avtomobillarga yoqilgʼi quyish shahobchasining operator xonasiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, xonadagi temir seyfdan 29.345.000 soʼm pulini oʼgʼirlab ketganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi Oʼzbekiston Respublikasi  Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (oʼgʼrilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Koʼrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy shahrida yashovchi, MChJ da operator yordamchisi boʼlib ishlovchi 21 yoshli D.B. sodir etganligi aniqlanib, undan ashyoviy dalil sifatida 29.345.000 soʼm pullar rasmiylashtirilib olingan.

D.B. jinoyat ishi boʼyicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departament

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech