O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

G‘isht uchun joy tan jarohati yetkazishga sabab bo‘ldi

Surxondaryo. 2020 yilning 20 avgust kuni soat 08:30 da Oltinsoy tumani “Do‘g‘oba” mahallasida 49 yoshli T.P., yashash uyining orqa tomonidagi ko‘chaga loydan quygan g‘ishtlarni qurishi uchun ko‘chaning cheti bo‘ylab terib chiqayotgan vaqtida, qo‘shnisi voyaga yetmagan 16 yoshli D.R., unga uyi oldiga g‘isht qo‘ymasligini, uyiga kirib-chiqishga xalaqit berishini aytganligi sababli, bir-birlari bilan tortishib, janjallashgan vaqtida, T.P., qo‘lida bo‘lgan temir metalldan ishlangan g‘isht qolipi bilan voyaga yetmagan D.R., ning boshiga bir marotaba qasddan urib, uning hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinsoy tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan T.P., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. T.P., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech