O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mast holdagi shaxs o‘z qaynotasining avtomashinasini olib qochdi

Buxoro viloyati. 2022-yil 12-yanvar kuni G‘ijduvon tuman “BiyosinMFY hududida yashovchi 51 yoshli I.H. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil 9 yanvar kuni soat taxminan 17:00 larda yashash uyiga kuyovi 31 yoshli A.I. mast holda kelib, uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, darvozaxonasida turgan “Nexia-2” rusumli transport vositasini olib qochib ketganligini, shu sababli kuyoviga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar davomida, Buxoro viloyati IIB YHXB 4-Safarbarlik guruhi YPX inspektorlari tomonidan 2022 yil 9 yanvardan 10 yanvarga o‘tar kechasi soat 01:25 da A.I., olib qochilgan “Nexia-2” avtomashinasini Buxoro shahri hududida biror-bir hujjatsiz, spirtli ichimliklar taʼsirida boshqarib yurganligi aniqlanib, unga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.I.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech