O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

2 grammga yetmas og‘uni pullayotgan shaxs endilikda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Namangan viloyati. 2021 yil 08 fevral kuni IIB xodimlarining yoshlar o‘rtasida giyohvandlik moddasining muomalasini oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tadbir davomida, 36 yoshli Muhtorjon M., Namangan shahri Chortoq ko‘chasida shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan shaxsga 1.000.000 so‘m evaziga jigarrang tusdagi o‘tkir hidli moddani sotayotgan vaqtida ushlangan.

Sud kimyoviy ekspertizada fuqaro Muhtorjon M.,dan olingan o‘tkir hidli modda “gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlanib, sof og‘irligi 1.96 grammligi ko‘rsatilgan.    

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Muhtorjon M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech