O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Avtomashina olib qochgan yosh shovvoz

Tergov departamenti ma’lum qiladi: joriy yilning 29 oktabr kuni soat taxminan 20:10 da, noma’lum shaxs Andijon shahri, Boburshoh ko‘chasi, 24-uyda joylashgan “Karaoke 777 bar” nomli kafe oldida fuqaro A.O. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashinaning orqa eshigi ochiqligidan foydalanib, avtomashinani noma’lum tomonga olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan 30.10.2019 yilda Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.X. sodir etganligi aniqlanib, u olib qochilgan “Damas” rusumli avtomashinani Xo‘jaobod tumani, Uzun ko‘chada boshqarib ketayotgan vaqtida YHXB xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

 Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Terogov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech