O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Lezviya bilan qurollangan yo‘lovchi, haydovchiga hujum qildi

Namangan viloyati. 2021-yilning 09-dekabr kuni 19 yoshli N.B. Namangan viloyati “102” raqamiga murojaat qilib, unda joriy yilning 08-dekabr kuni soat 21:30 da o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Nexia-2” rusumli avtomashinasiga nomaʼlum shaxsni yo‘lovchi sifatida olib, uning buyurtmasiga asosan “Chortoq-Namangan-To‘raqo‘rg‘on” yo‘nalishida harakatlanib, To‘raqo‘rg‘on tumani “Guliston” MFY hududidan o‘tgan Katta Namangan kanali bo‘yiga borgan vaqtida, nomaʼlum shaxs qo‘lida bo‘lgan lezviya yordamida unga zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasini talab qilganligi, keyinchalik bosqinchilik yo‘li bilan avtomashinani egallab, nomaʼlum tomonga yashiringanligini maʼlum qilib unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik yo‘li bilan transport vositasini talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni Namangan tuman Qo‘qonqishloq MFY da yashovchi 28 yoshli E.A. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, undan B.N. ga tegishli bo‘lgan “Nexia-2” rusumli avtomashinasi xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha E.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Muallif: Tergov departamenti UMIB tergovchisi

mayor Xabibullayev Azizbek

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech