Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Yengil” daromad og’ir oqibatlarga olib keladi

2018 yil 15 iyul kuni muqaddam sudlangan S.B. Toshkent shahar Yakkasaroy tuman hududida fuqaro B.D.ga 2018 yilning avgust oyiga qadar Sergeli tumanida qurilayotgan ko’p qavatli uylardan 3 xonali xonadon olib berishga va’da berib, buning evaziga undan 35.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va’dasini bajarmay, valyuta qimmatliklarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan o’zganing mulkini yoki o’zganing mulkiga bo’lgan huquqni juda ko’p miqdorda qo’lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech