O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Yengil” daromad og’ir oqibatlarga olib keladi

2018 yil 16 dekabr kuni soat taxminan 22:20da, fuqaro Z.Sh. Toshkent shahar Uchtepa tuman hududida fuqaro X.K. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtoulovga o’tirib, X.K.ni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, 100 AQSh dollari va 650.000 so’m miqdoridagi pullarini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyat sodir etgan fuqaro Z.Sh. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini hayot yoki sog’liq uchun xavfli bo’lmagan zo’rlik ishlatib yoxud shunday zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech