O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Do’kondan og’rilik sodir etildi

2019 yil 7 yanvar kuni soat taxminan 07:00 da, noma'lum shaxs Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan “O’rikzor” savdo kompleksi hududidagi fuqaro Y.A.ga tegishli savdo do’koni eshik qulfini kalit tanlash yo’li bilan ochib ga’yriqonuniy ravishda kirib, u yerdan 14.500.000 so’m va 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag’larini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro A.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech