O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Koreya fuqarolari o‘rtasida vujudga kelgan janjal ularning birini o‘limi bilan yakunlandi

Toshkent shahri. 2021 yil 15 iyun kuni soat taxminan 04:00 larda 44 yoshli Janubiy Koreya Respublikasi fuqarosi K. D. mast holatda, Chilonzor tumani Do‘mbrobod 4-tor ko‘chasida joylashgan uylarning birida bo‘la turib, shu yerda bo‘lgan 40 yoshli yurtdoshi K.J., bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida o‘tkir tig‘li jismni J.Kimga qarata otib, tan jarohat yetkazgan. Natijada K.J. tan jarohatlari bilan RSHTYOIMga olib borilgan.

Mazkur xolat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan K. D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

16 iyun kuni jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Shu kuni D.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayblov eʼlon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech