O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Koreya davlatida ishlashni orzu qilgan fuqarolarning niyatlarini puchga chiqargan firibgar

Namangan viloyati. 2018 yil avgust oyidan 2021 yil boshlariga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi xavfli retsidivist 29 yoshli X.A. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, tanishi 37 yoshli N.M.ning ishonchiga kirib, uni Koreya davlatiga ishlash uchun yuborish haqida yolg‘on vaʼdalarni berib, so‘ngra esa ishi yurishmayotganligi bois ishi yurishib ketguniga qadar pul berib turishni iltimos qilib, jami bo‘lib 18 200 AQSH dollari miqdoridagi pullarini qo‘lga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, X.A. o‘zining jinoiy harakatini davom etirib, 2019 yil yoz faslida tanishlari 32 yoshli T.Sh. va 25 yoshli T.R.larning ishonchiga kirib, ularni ham Koreya davlatiga ishga yuborishi haqida yolg‘on vaʼdalarni berib, aldov yo‘li bilan T.Sh.dan 3 000 AQSH dollari T.R.dan esa 2 200 AQSH dollari pullarini qo‘lga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmasdan va pullarni qaytarib bermasdan kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech