Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bo‘sh kartaning egasi endilikda qarzdor bo‘lib qoldi

Toshkent viloyati. 2021 yil  24 yanvar kuni Olmaliq shahar IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli Nizomiddin U., Olmaliq shahri Kamolot ko‘chasida tanishi 27 yoshli Qahramon M.,ga tegishli “Ipoteka bank” tomonidan berilgan 8600****740 raqamli plastik kartasini taqiqdan chiqarib berish bahonasida maxfiy kodlarini bilib olib, uning plastik kartasiga 5 200 000 so‘m miqdorida “onlayn kredit” rasmiylashtirib ushbu pullarni kompyuter texnikasidan foydalangan holda o‘ziga tegishli plastik kartasiga o‘tkazib yashirin ravishda talon-toroj qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Nizomiddin U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “B” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, jinoyatchilarni tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun o‘zingizni plastik kartangizni raqamini va maxfiy kodlarini hech kimga oshkor qilmasligingizni so‘raymiz!

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech