O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Avtomashinani rasmiylashtirib beraman deb juda ko‘p miqdorda pulni aldab oldi

2018 yil iyun oyi boshlarida fuqaro B.M. Toshkent shahar SHayxontohur tuman hududida fuqaro A.I.ni aldab, “Mersedes-Bens” rusumli transport vositasini uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, undan 12.000 AQSH dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay, valyuta qimmatliklarini o‘z ehtiyojlariga sarflagan.

Mazkur holat yuzasidan 15.09.2018 yilda fuqaro B.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti  

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech