O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yo‘ldan chiqib qolgan hamqishloq

Samarqand viloyati. 2022 yil 25 fevral kuni soat 23:30 larda Narpay tumani “Qoraxitoy” qishlog‘ida yashovchi 24 yoshli T.R., Oqtosh shahrida joylashgan “Azizbek” nomli oshxonada ovqatlanib, spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holatda Narpay tumani “Nog‘oraxona” mahallasidan o‘tuvchi ichki yo‘ldan yashash uyiga ketayotganida, yo‘lda hamqishlog‘i 28 yoshli R.I.,ni ko‘rib qolib, u bilan o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik sababli janjallashib qolib, janjal vaqtida R.I. qo‘liga o‘tkir tig‘li temir jismni olib, temir jism bilan T.R.,ning tanasining turli joylariga qasddan urib, sanchib, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Natijada T.R. olgan tan jarohatlari bilan Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.I. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda jinoyat quroli aniqlash hamda janjalni kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech