O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jigulida tashilayotgan giyohvandlik vositasi ushlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 28 avgust kunidan 29 avgust kuniga oʼtar kechasi Ohangaron shahar hududida olib borilayotgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida IIO va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan “Vaz 21013” rusumli avtomashina shubhali koʼringanligi sababli toʼxtatilib, avtomashinaning yukxonasi haydovchi 20 yoshli J.А., ishtirokida tekshirib koʼrilganda, 1 dona oq rangli polimer qop ichida hoʼl xoldagi, oʼtkir hidli koʼkimtir rangli oʼsimlik barglari borligi aniqlangan.

Аniqlangan oʼsimliklar kimga tegishli ekanligi surishtirilganda, ushbu qop avtomashina ichida boʼlgan voyaga yetmagan 17 yoshli K.M., ga tegishli ekanligi aniqlangan hamda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʼra, olingan oʼsimliklar tarkibida faol tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi mavjud boʼlgan “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi, uning ogʼirligi esa 1 kg 387 grammni tashkil qilganligi koʼrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech