O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qo‘shnisini boshiga urib o‘ldirdi.Qo‘shnisini boshiga urib o‘ldirdi.

Toshkent viloyati. 2020 yilning 04 iyun' kuni taxminan soat 02:00 da fuqaro 36 yoshli N.B., mast holatda o‘zi yashab kelayotgan O‘rtachirchiq tumani Guliston ko‘chasida qo‘shnisi 38 yoshli M.Sh., bilan o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan va janjal davomida N.B., qo‘shnisi M.Sh., ni bosh qismiga qattiq to‘mtoq jism bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada M.Sh., birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmasdan qolganligi oqibatida olgan og‘ir tan jarohatlari bilan 04 iyun' kuni 16:00 larda hodisa joyida vafot etgan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N.B. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech