O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qiz va onasini sharmanda qilmoqchi bo‘lgan tovlamachi IIB xodimlari tomonidan ushlandi

Qashqadaryo viloyati. Fuqaro I.Q., Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, 21 yoshli Shaxzod X., uning qizi S. bilan telefon orqali bo‘lgan so‘zlashuvlarini yozib olib, qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

I.Q.,ning murojaati yuzasidan IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, 2021 yil 09 fevral kuni Shaxzod X., tovlamachilik yo‘li bilan I.Q.,dan qizi S. bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan so‘zlashuvlarni yaqin qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga maxsus kimyoviy ishlov berilgan 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlanib, ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech