O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

IIV Akademik litseyiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon viloyati. 2021 yil aprel-may oyi davomida Asaka tumanida yashovchi 43 yoshli M.I. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Asaka tumani Qo‘rg‘oncha ko‘chasida joylashgan 78 yoshli M.I.,ning yashash xonadoniga kelib, uni ishonchiga kirib, uni aldab, unga nabira qizini O‘zbekiston Respublikasi IIV Andijon viloyati Akademik litseyiga 800 AQSH dollari evaziga o‘qishga olib kirib qo‘yishini vaʼda qilib, undan 300 AQSH dollari va 3.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarini o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, M.I. o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, 2021 yil 21 iyul kuni Asaka tumanida joylashgan buyum bozori oldida 42 yoshli Yu.O.,ni ishonchiga kirib, uni aldab, uning qizini ham O‘zbekiston Respublikasi IIV Andijon viloyati Akademik litseyiga 800 AQSH dollari evaziga o‘qishga olib kirib qo‘yishini vaʼda qilib, undan 800 AQSH dollari pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarini o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.I.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, barcha ishtirokchilarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech