Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yordam bermoqchi bo‘lib talonchilarga duch keldi

Toshkent shahri. 2021 yil 31 may kunidan 01 iyun kuniga o‘tar kechasi soat 00:30 larda 23 yoshli T.J (erkak), 19 yoshli T.D. (erkak) va 26 yoshli M.D.lar (erkak) bir guruh shaxslar bo‘lib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida piyodalar yo‘lagida ketayotgan 19 yoshli M.E.ni (erkak) to‘xtatib, undan yo‘l haqi uchun pul berib turishini so‘rashib, M.E. ularga pul bermoqchi bo‘lib, cho‘ntagidan pullarni chiqarganida qo‘lidagi 315.000 so‘m miqdoridagi pullarini tortib olib, hodisa joyidan yashiringanlar.Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan 23 yoshli T.J (erkak), 19 yoshli T.D. (erkak) va 26 yoshli M.D.lar (erkak) ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech