O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xitoy fuqarolariga nisbatan bosqinchilik sodir etib 100 000 000 so‘m pullarini qo‘lga kiritgan shaxslar ushlandi

Namangan viloyati. 2021 yilning 24 mart kuni soat 03:40 da nomaʼlum shaxslar Namangan shahar Qadamjoy MFY.,da joylashgan “Pekin” tibbiyot markazi binosiga yuzlariga qora rangli tibbiyot niqobi taqqan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, binoning ikkinchi qavatidagi yotoqxonada uxlab yotgan shu markazda shifokor bo‘lib ishlovchi Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari WU YUJI va  WU ZHILIN xamda ushbu markazda tarjimon bo‘lib ishlovchi Yahyoxon U.,ni urib,  qo‘l va oyoqlarini skotch bilan bog‘lab,  yotoqxonadagi tumbochka qulfini buzib 10.000 AQSH dollari, 100.000.000 so‘m pul mablag‘lari hamda ikki dona “Huawei” va “Redmi 8” rusumli uyali telefon apparatlarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha  IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasini 4-qismi “a” bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan 31 yoshli Jahongir K., boshchiligida 29 yoshli Xabibullo K., 24 yoshli Izzatillo A., Asrorbek Q., hamda Andijon viloyatida yashovchi 20 yoshli Abdullo X.,lar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanib, ularning yoni ko‘zdan kechirilganda jami 10 620 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. 

Tergov harakatlari jarayonida Andijon viloyatida yashovchi Abdullo X., muqaddam mazkur markaz shifokorlari yaxshi daromad qilayotganliklaridan xabar topib, binoning kalitini g‘ayriqonuniy ravishda qo‘lga kiritib, bu haqida tanishi Jahongir K.,ga aytib qiziqtirganligi maʼlum bo‘lgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech