O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mehmonxonadagi o‘g‘irlik

2018 yil 15 sentyabr kuni soat taxminan 15:00da, noma’lum shaxs Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan “Nurafshon” mehmonxonasida yashash uchun vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarosi L.A.ning xonasini kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonada turgan 395.000 so‘m pul va 2 turdagi zargarlik buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni mehmonxona farroshi M.SH. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan va undan egallangan buyumlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini  uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech