O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼsmirlar va voyaga yetmaganlardan tashkil topgan guruh jinoyatga qoʼl oʼrdi.

Buxoro. 2020 yilning 10 iyulь kuni taxminan soat 00:10 da 23 yoshli А.S., jinoiy sheriklari 18 yoshli M.А., voyaga yetmaganlar 17 yoshli F.O., 16 yoshli А.I., B.K. hamda M.S., lar bilan bir gurux boʼlib, Buxoro shahar Аbay koʼchasida turgan 31 yoshli F.Gʼ., ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinasining eshigini ochib, avtomashina salonida boʼlgan, uyali telefonni quvvatlagichini, hamyon ichida boʼlgan 2.260 АQSh dollari va 500 Rossiya rublini yashirin ravishda oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringanlar.

Bundan tashqari, А.S. va uning jinoiy sheriklari jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020 yil 10 iyulь kuni taxminan soat 00:40 da Buxoro shahar Joʼbor koʼchasida turgan 24 yoshli А.T., ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinasini eshigini ochib, avtomashina ichida boʼlgan 100.000 soʼmlik koʼzoynagini yashirin ravishda oʼgʼirlab hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tergov oldi tekshiruv harakatlari jarayonida gumon qilinuvchilardan, oʼgʼirlangan 500 Rossiya rubli, hamyon, koʼzoynak ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri boʼyicha IIO FMB 1-son IIB Tergov guruhi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (oʼgʼrilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech