O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchilik jinoyati fosh etildi

2018 yil 27 avgust kuni noma’lum shaxslar Toshkent shahar YUnusobod tumanidagi 3-uy oldida yo‘lovchi sifatida kelayotgan YU.N.ga nisbatan hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, bo‘ynidan sariq metalldan ishlangan zanjirini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik, ya’ni hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

15 sentyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyat M.A. va M.D. lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech