O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchilar uzoqqa bora olmadi

2018 yil 27 oktyabr kuni soat taxminan 23:40da, ikki nafar noma’lum shaxs Farg’ona viloyati Farg’ona shahri hududida fuqaro A.L.ning qo’lida bo’lgan  “MI” rusumli uyali telefoni va uning tanishi S.M.ning “Samsung” rusumli uyali telefoni hamda 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarini tortib olib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro T.D. va B.K.lar sodir etganliklari aniqlanib, ular ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech