O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchi ashyoviy dalillar bilan ushlandi

2018 yil 30 oktyabr kuni soat taxminan 19:00da, fuqaro Y.R. Toshkent shahar Sergeli tumani hududida fuqaro I.U.ning qo’lidan ichida 318.000 so’m pullari, “Samsung” rusumli uyali telefoni va pardoz anjomlari bo’lgan sumkasini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan Y.R. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech