O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchilik ochildi

2018 yil 6 avgust kuni soat taxminan 21:20da noma’lum shaxs Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50-uy oldida yo‘lovchi sifatida kelayotgan L.R.ga nisbatan hayoti uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, bo‘ynidan sariq metalldan ishlangan zanjirini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

7 avgust kuni ichki ishlar organi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni F.X. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik, ya’ni hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech