O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchilik fosh etildi

2018 yil 7 sentyabr kuni soat taxminan 22:00da, muqaddam sudlangan K.A. Toshkent viloyat Olmaliq shahrida fuqaro O.S.ning qo‘lida bo‘lgan «Samsung» rusumli uyali telefon apparatini tortib olib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

20 sentyabr kuni ichki ishlar organi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan K.A. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech