O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Og’ufurushga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

2019 yilning 1 iyul kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro F.R. Toshkent viloyati Bo’ka tumani hududida fuqaro X.S.ga umumiy og’irligi 227 grammga teng bo’lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo’lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bo’ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo’limi tomonidan F.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davrida F.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan va dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo’ka tumani sudining 11.09.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, fuqaro F.R. Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech