Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Gallyutsinatsiya” oqibatida o‘g‘rilik sodir qilindi

Andijon viloyati. 2021 yilning 02 may kuni soat 02:30 larda nomaʼlum shaxs Andijon shahri Boburshoh ko‘chasida joylashgan aviakassa binosiga deraza orqali kirib, binodagi temir seyf ichidan jamiyatga tegishli 92 221 000 so‘m pullarni o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni avtomashina ustasi 25 yoshli X.Odilbek sodir etganligi aniqlanib, undan 36 600 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.Odilbekka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davomida, X.Odilbek o‘z ko‘rsatuvida gallyutsinatsiyaga olib keluvchi tabletkalar taʼsiri ostida ushbu jinoyatni sodir qilganligini maʼlum qilgan.

Hozirda X.Odilbekning qon namunalari olinib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Jinoyat ishi doirasida barcha holatlarga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.  

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech