O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Farg‘onada og‘ufurush ayol qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati. 2023-yil 09-yanvar kuni Dang‘ara tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahar Firdavsiy ko‘chasida yashovchi 42 yoshli T.I.(ayol) Dang‘ara tumani "Katta aravon" qishlog‘i hududida tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan shaxsga 1.000.000 so‘m evaziga bir dona rangsiz sellofan paket parchasiga o‘ralgan qo‘ng‘ir rangli, o‘tkir hidli moddani o‘tkazgan vaqtida tadbir ishtirokchilar tomonidan ushlanib, undan tadbirda foydalanilgan 1.000.000 so‘m pullar hamda maxsus xaridordan giyohvand moddasiga o‘xshash modda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tezkor tadbir davomida olingan sellofan paket parchasiga o‘ralgan qora-qo‘ng‘ir rangli o‘tkir hidli giyohvand moddasiga o‘xshash moddaning tarkibida giyohvand tetragidrokannabinol moddasi mavjud bo‘lib, bu modda “gashishekanligi va uning sof og‘irligi 1.81 grammga teng ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qisimi bilan (giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ushbu modda bilan ayb eʼlon qilinib, unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech