O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qurilishdagi konteynerlar birma-bir yo‘q bo‘lib qolayotganligi IIB xodimlarining eʼtiborini tortdi

Jizzax viloyati. 2021 yilning 9 yanvar kuni 18:00 da 25 yoshli Bekmurod B., o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Sharof Rashidov tumani Oltinsoy MFY hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘li bo‘yida qurilish ishlari olib borilayotgan inshoot oldida turgan 29 yoshli Islom I., ga tegishli konteynerni, 20 yoshli Doston M., ni “KAMAZ 65117 1010 62 6x4” rusumli yukmashinasiga ortib, o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringan.

Dastlabki tergov jarayonida, fuqaro 25 yoshli Bekmurod B., konteynerni fuqaro 49 yoshli Jumaqul R., ga 4 mln. 900 ming so‘mga sotib yuborganligi aniqlanib, ushbu konteyner Jumaqul R., dan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, Bekmurod B., o‘zining jinoiy xatti-harakatlarini davom ettirib, 2021 yil 12 yanvar kuni 22:00 da takroran o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilib, o‘zlashtirish maqsadini ko‘zlab, Sharof Rashidov tumani Tuyoqli MFY hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘li bo‘yida olib borilayotgan, bino qurilishiga oid bo‘lgan inshoot oldida turgan 33 yoshli Sherzod N.,ga tegishli konteynerni, fuqaro 27 yoshli Sarvar N., ni “ZIL-130V1” rusumli yukmashinasiga ortib, o‘g‘irlab ketayotgan vaqtda “Sangzor-15” blok postida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bekmurod B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Bekmurod B., jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech