O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Belgilanmagan yo‘ldan harakatlanish haydovchining o‘z hayotiga zomin bo‘ldi

Surxondaryo. 2020 yilning 22 may kuni soat 17:50 da 49 yoshli E.X., o‘z boshqaruvida bo‘lgan “TTZ” rusumli tirkamali traktorda Uzun tumanni “Chinor” mahallasi hududidagi adirlikdan avtomashinalar harakatlanishi uchun mo‘ljallanmagan yo‘ldan pastga yo‘nalish bo‘ylab tushib harakatlanib kelayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomon qismida mavjud bo‘lgan qurigan ariqqa ag‘darilib ketib, yo‘l transport hodisasiga uchragan. Oqibatda fuqaro E.X., hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Uzun tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech