O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov-tezkor tadbirlar samarasi

2018 yil 19 noyabr kuni soat 13:00dan 15:30gacha bo’lgan vaqt oralig’ida, noma’lum shaxs Namangan viloyati  Uychi tumani hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro X.X.ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro Q.Sh. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Avtomashina topilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.      

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech