O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tezkor tadbirlar samarasi

2019 yil 23 aprel kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro I.M. va X.M.lar Farg’ona viloyat Bag’dod tuman hududida o’zining 2015 yilda tug'ilgan o’g’il farzandini 5.000 AQSh dollari evaziga “A” ismli shaxsga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish o'n sakkiz yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech