O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tezkor tadbirlar samarasi

2018 yil 9 dekabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro J.J. Samarqand viloyat Samarqand shahri hududida fuqaro G’.X.ga umumiy og'irligi 100 grammga teng bo’lgan, jami 2.000 dona «Tramadol» giyohvandlik vositasini 3.000.000 so’mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko’p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech