Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

90 millionga teng 43 ta uyali aloqa vositalari o‘g‘irlab ketildi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 16 may kunidan 17 may kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Olmaliq shaxar A.Temur ko‘chasida joylashgan mayishiy texnika do‘koni eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, do‘konda mavjud bo‘lgan umumiy narxi 87.889.900 so‘mlik jami 43 dona uyali aloqa vositalarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan tomonga yashiringan.

Holat yuzasidan Olmaliq shaxar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «v» bandi (ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida ushbu jinoyatini 25 yoshli B.M. va 24 yoshli D.A., lar sodir etganliklari aniqlanib, D.A., dan talon-taroj qilingan uyali aloqa vositalaridan 41 donasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

B.M. va D.A., lar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etish besh yildan sakiz yilgacha ozodlikdan maxrum qilish jazosi bilan jazolanadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech