O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ikki do’st jinoyatga qo’l urdi

2018 yil 9 oktyabr kuni soat taxminan 22:00da, Navoiy viloyat Zarafshon shahri hududida fuqarolar B.V. va Z.E. fuqaro T.Yu. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning bosh qismiga qo’llari bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazishgan. Natijada T.Yu. kasalxonaga yotqizilgan. B.V. va Z.E. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “k” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech