O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Do'kondagi janjalda sotuvchi xaridorga tan jarohati etkazdi

2018 yil 25 sentyabr kuni soat taxminan 18:30da, fuqaro A.R. Sirdaryo viloyat Xovos tumanida joylashgan do'koniga xaridor sifatida kelgan fuqaro I.M. bilan o'rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida, uning bosh sohasiga qo'llari bilan urgan vaqtida boshi bilan erga yiqilib, og'ir tan jarohati olib, kasalxonaga yotkizilgan. A.R. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og'ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech