O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoroda yo'l-transport hodisasi, qurbonlar bor.

Buxoro. 2020 yil 05 yanvar' kuni taxminan soat 06:45 larda G‘ijduvon tumani “Zafarobod” qo‘rg‘oni hududidan o‘tuvchi, “Navoiy-Zarafshon” A-379 avtomobil yo‘lida fuqaro 46 yoshli A.N. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida yo‘l-harakati qoidalari buzib me'yoridan ortiq ichida jami 5 nafar yo‘lovchilari bilan birga Konimex tumani Zafarobod shaharchasi tomon harakatlanib, yo‘lning 60 km.ga yetganida boshqaruvni yo‘qotib, o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro 50 yoshli U.X. boshqaruvidagi Navoiy kon metollurgiya kombinatiga tegishli “Isuzu” rusumli avtobus bilan yuzma-yuz to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda “Nexia” avtomashinasining yo‘lovchisi 58 yoshli M.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan, yengil avtomashinaning va avtobusning qolgan yo‘lovchilari tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan, yengil avtomashinaning yo‘lovchisi 29 yoshli T.M. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. “Nexia” avtomashinasi ichida bo‘lgan yana bir yo‘lovchi og‘ir ahvolda, avtobusdagi 4 nafar yo‘lovchilar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech