O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Odamlar o’limiga sabab bo’lgan yo’l-transport hodisasi

2019 yil 1 may kuni soat taxminan 11:00 da, fuqaro M.M. o’z boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinani Namangan viloyat Norin tuman hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo’nalishdan harakatlanib kelayotgan, fuqaro O.T. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinaga urilib, to’qnashuv sodir etgan. Natijada, “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi O.T. va yo’lovchisi Q.M. jarohat olib, hodisa joyida vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o’limiga sabab bo’lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech